Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Qirolicha - Stakan Version
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Pazanda - Sad Love
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Do‘stimning xotinini boshqasi bilan ko‘rganimni unga qanday aytay?

 “Yuragimda saqlaganlarim...” Ha, bu dunyoda hammaning o‘z siri, qalbida asrab yurgan dardi bo‘ladi. Bunga ushbu sahifa orqali yanada amin bo‘lib bormoqdamiz. Vaqt o‘tib, o‘sha dardini kimdir oshkor qiladi, kimdir yo‘q. Bugungi voqeamiz qahramoni ham mana oradan yillar o‘tib, shaxsini yashirgan holda bo‘lsa-da, yuragida asrab yurganlarini oshkor qilmoqda. 
Ishdan horib, oyoqlarimni sudrab bosgancha, uyga kirib keldim. Har doimgidek, ayolim salom berib peshvoz chiqdi. Qizimning esa oshxona tomondan ovozi keldi:
—  Assalomu alaykum, dada! Siz yaxshi ko‘rgan ovqatni pishiryapmiz.
—  Vaalaykum assalom. Yaxshi-da, qizim, — degancha kiyimlarimni almashtirgani xonamga kirib ketdim. 
—  Dada, — dedi orqamdan endi ovozlari do‘rillay boshlagan
“Ha”, dedim-u, ammo qaramadim.
—  Zafar degan sinfdoshingiz telefon qildi. Raqamingizni amakimdan olibdi. 
—  Senga qildimi? — shart burilganimni o‘zimni ham sezmay qoldim.
—  Yo‘q, uy telefonga qildi. 
—  Nega qo‘l telefonimga qilmabdi ekan?
—  Telefoningizni o‘g‘irlatgandingiz-ku. Amakim yangi olganingizni bilmagan shekilli. 
—  “Zafarman”, dedimi? “Sinfdoshiman”, dedimi?
—  Ha. Menam avvaliga tanimadim. O‘zini tanishtirganidan keyin ovozidan bildim. Kichkinaligimizda qishloqqa borsak, kela solib ko‘tarib olardi-ku! Xuddi o‘shandagidek “ulim” dedi meni. Raqamini qoldirdi. Qo‘ng‘iroq qilarkansiz.
Zafar bolalikdagi eng yaqin do‘stim edi. O‘qimishli, aqlli, yaxshi yigit. Faqat baxtidan tinmadi. Yo‘q, u ayrimlarga o‘xshab, ikki-uch marta uylangani yo‘q. Faqat xotini durust emasligi, “uyim-joyim” demagani, noshukurligi, otasinikiga arazlab ketavergani uchun ko‘p vaqti bo‘ydoqlikdagidek o‘tdi. Oxiri bundan olti yilcha ilgari uning xorijga ishlagani ketgani haqida eshitdim. 
Zafar ayoliga teskari ravishda oilaparvar chiqdi. Injiq, ziqna, molparast xotinidan ikkita bolasi sabab ajrashmadi. Avvaliga u mendan uyi notinchligini yashirardi. Garchi ota-onamdan og‘a-inimdan uning xotini har ikki kunning birida o‘pkalab ketishini eshitsam-da, u oriyat qilibmi, sir saqlardi. Mening shahardan borganimni eshitsa, yugurib kelardi. Sezardim, uyiga taklif etishni, mehmon qilishni juda-juda istardi.
—  Jo‘ra, har doim kelsang, uyga olib ketaman, deyman. Ammo senam xuddi poylagandek, ayasi uyiga mehmonga ketganda kelasan, — derdi u sir boy bermay.
—  Qo‘yaver, boshqa safar boramiz. Bugun mana, shu yerda o‘tiramiz, — derdim menam sezmaganlikka olib. 
Kunlarning birida ishxonadagilar bilan bir kafega tushlik qilgani kirdik. Kirgan zahotim ro‘paramizdagi stolda o‘tirgan ayol ko‘zimga juda issiq ko‘rindi. Sal o‘tmay darrov esladim. To‘lishgani uchun Zafarning rafiqasini darhol tanimagan ekanman. U qandaydir erkak bilan o‘tirardi. Chimirilib, asabiylashib gapirishidan biror yaqinidir, aka-ukasidir deb o‘yladim. Lekin agar aka-singil bo‘lsa, uyda o‘tirishmasmidi? Beixtiyor ayolni kuzata boshladim. U tutaqib gapirgani sari haligi erkak tasalli bergandek u tomonga bosh egar, qo‘llarini  ushlardi. Shunda ular shunchaki qarindosh yoki tanish emasligini bildim. Shu fikr miyamga kelishi bilan shubhaga bordim:
“Bu Zafarning xotini emas. O‘xshatdim, shekilli...”
Gumonimni aniqlashtirish uchun ularga haddan ortiq tikildimmi, ayol nigohimni sezdi. Menga ko‘zi tushishi bilan baqadek qotdi. Keyin tipirchilab qoldi. Oxiri erkakka shivirlagancha, chiqib ketdi.
“Demak, Zafarning xotini. Uyam meni tanidi...”
Ichimga qorong‘ilik tushgandek bo‘ldi. Beg‘ubor, sodda, fidoiy do‘stim ko‘z oldimga kelib, achina boshladim.
“Ehtimol, Zafar ajrashgandir?”
Mana shu savol sal tinchlantirdi, meni.
Oradan bir oy o‘tib, oilam bilan qishloqqa bordim. Tashrifimdan xabar topgan Zafar yugurgilab yetib keldi. Har galgidek, uyiga olib ketgisi borligi aytdi. Keyin esa jimib qoldi va “yorildi”:
—  Oshna, odam ko‘rib-bilib, sinab uylanishi kerak ekan. Menam bir yangam tavsiya qilgan qizni ko‘ribman-u, chiroyiga uchib uylanibman. Yashashim it yotish, mirza turish. Chunki xotinim uyda bir hafta yashar-yashamas, janjal chiqaradi. Keyin bolalarni oladi-yu, ketvoradi. Avvallari borib olib kelardim. Endi bormay ham qo‘ydim. O‘zi keladi. Menimcha, bolalarim qo‘ymaydi-da. Agar shu ikkita bolam bo‘lmasa, allaqachon ajrashib ketgan bo‘lardim. Bechora bolalarim sira ketishni istamaydi. Xotinim esa...
Haligi “uchrashuv” hamon o‘z o‘ngimda turgani bois, bexos so‘radim:
—  Oxiri sabring tugab,
—  Yo‘g‘-e, oshna. Bolalarimni tirik yetim qilish niyatim yo‘q. Ular ham bora-bora bilib qoldi. Hozir onasi chiqarib, kiyina boshlasa, uydan qochib ketishadi. Men bilan qolish uchun tushunyapsanmi? Qanday qilib, ulardan kechay? Bir kuni tushunar, xotinim ham...
—  Nima deb janjal qiladi?
—  O‘zim ham tushunmayman, ochig‘i. “Men istagan odam emassiz. Men bunaqa yashayman, demagandim. Ajrashaman siz bilan...” Topgan gapi shu. “Bor, ajrash, arizangni yoz”, deyman, uniyam qilmaydi. Tinch yashamaydi, ham. 
—  U istagan odam qanaqa ekan?
—  Shaharda yashashni istarmish, xonimcha. Bo‘lmasa, qishloqqa tegma edi, ahmoq... — g‘azabi qaynay boshladi Zafarning. — Topganimga yangi kiyim olsam, deydi. “Hech qaerga chiqmasang, uyda o‘tirsang, nima qilasan, har hafta kiyim olaman deb”, deya gapiraman-u, baloga qolaman. Bobillab beradi-yu,chiqib ketadi. Shu bilan bir haftacha otasinikida turib, o‘sha xohlagan ko‘ylagini oldirib kiyib keladi...
—  Qaynota-qaynonang hech narsa demaydimikan? Qaytarmasmikan?
—  Bitta qiz-da, erka. Akalari sal gapiradi. U ta’sir qilmaydi. To‘g‘risi, jonimga tegdi bunaqa hayot. Lekin bolalar uchun hamma narsaga tayyor bo‘larkansan. Menam bolalarim uchun shu xotin bilan yashab yuribman. Bo‘lmasa...
O‘shanda unga ko‘rganlarimni aytishga botina olmadim. Ayniqsa ajrashish niyati yo‘qligi bilgach... Keyin esa u tinchini izladimi yo xotini qo‘ymadimi, xorijga ishlagani ketdi. Uning olti yillik musofirchilik davrida men yana bir bor xotinini o‘sha erkak bilan ko‘rdim. 
Mana, endi do‘stim kelibdi. U bilan ko‘rishaman! Ammo... ko‘rganlarimni ayta olamanmi? Aytishim kerakmi, o‘zi? Mana shu narsa har doim menga og‘riq berib keladi. Ikki o‘t orasida yotaman. Jonday aziz do‘stimni xiyonat haqida eshitib qay holga tushishini ko‘z o‘ngimga keltirib, yana bu fikrimdan qaytaman. Hayronman, nima qilay? Menga maslahat bering...



Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 15513 | Комментарии: 10 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Xiyonat, boshqa erkak, Do‘stimning xotini
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 10
stuygu Owa yoldan adaegan nowukr ayol bn sz gaplawen yaxwilik bn tuwuntrin 2 ta bolasi borligini vaqtida ozini yigiwtrib oliwini bomasa qadrdon dostezga aytiwezdi kiyin ajraliwyatgan voxti sut ota tarafda boliwini onani foxiwalikta ayiblab bolalarini otasi qaramogiga beriwini tuwuntren balki u yolidab qaytar bolalarini otasz katta boliwini istamasa ozini yigiwtrib olar
Like | 0
faryod oldin yaxshilap o'rganip keyin ayting bo'lmasa oika buzulip ketadi
Like | 0
Dilya0998 Ех нодон ношукур аел екан лекин барибир биркун афсусланади лекин кеч боб комасинда
Like | 0
sanjarezoz Hurmatli admin. Iltimos! Reklamalarga sal e‘tiborliro bo‘lin. Avvalro ancha yo‘qolib qolgandi bunaqa narsala. Borgan sari oshib ketyapti
админsaytdan ro'yhatdan o'tib foydalanuvchi sifatida tashrif buyurganlarga hech bir reklama ko'rinmaydi!
Like | 0
Nargiza_96 D6stizga ayting
temirni issigida bosiw k.k
balki biRor foyda berar bu gapiz dostizga.
dost a4itib gapiradi diydiyu, bundan battar b6b ketiwi ham mumkin xotini, vaqtida bu iwdan qaytarsin
Like | 0
5597 Hamma gappi etiw kere xiyonotkor ayol bilan qanaqb yashash mumkin >(
Like | 0
ulugbek1995 Eee keremas narsala
Like | 0
sanjarezoz Yo‘q, aytish kkmas. Bolalarni kelajagi uchun yomon ta‘sir qiladi bu gap. Xudo bor! Jazoni u bersin, bandasimas.
Like | 0
Azamat4846 Etin baribir sizdan bomasayam bowqa birodan ewitalayu. Torisini etib bersez nma qiliwwi ozlari bilala.
Like | 0
Margarita_95 Alloh o'sha ayolga insof bermasa siz etsez ham hich narsa hal bomasligi mumkin. Balki dustizi xabari bordir ayolini bowqasi bilan yuriwidan. Balki wunuchun ham chet elga iwlagani ketgandir uwa xotinini turqini kormiy dib. Wuncha yil ichida uwa dustizi ayolini bowqa erkela bilan faqat siz kurmagansizu bowqala ham korgan buliwligi kere. Uziz etib turibsizu dustim oiladgi muammolani hammaga etib noliyvurmidi dib. Manimcha dustiz hamasini biladi. Sizga etmidiyu xotinim bitta erke bilan yurvotti db. Keginchali hijolat bumiy db etmavotgandur. Manimcha uwa dustiz bolalarini kuzi qiymavotti ayoliga insof kiriwligini kutvotti. Ilohim insofini bersin.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное