"DIZAYN" jamoasi axloqsizlik uchun lisenziyasidan ayrildi!
“DIZAYN” jamoasi bilan tuzilgan lisenziya bitimlarining talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilganligi ya’ni milliy urf-odatlarimiz va odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan, ma’naviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bo‘lgan nomunosib harakatlar orqali qiziqchilik san’atini beobro‘ etib, san’atkor odobiga rioya etmaganligi uchun “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan jamoaga berilgan AY-0035 con lisenziya 2018 yil 11 avgust kunidan bekor qilinadi.