Dilnoza Kubayeva: Qayta turmush qurish masalasida bir to‘xtamga kelganim yo‘q
Aktrisa Dilnoza Kubayeva onasi uning qayta turmush qurishi borasida qanday fikrda ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Bekajon” gazetasi xabar bermoqda.
“Onam qayta turmush qurishim haqida ko‘p gapiradilar. ‘O‘zing bilasan, odamlar ichidasan, yaxshi va yomonni ajrata oladigan yoshga yetding’, deya maslahat beradilar”, — dedi aktrisa.
“O‘zim esa bu masalada bir to‘xtamga kelganim yo‘q. Men ijod bilan bandman”, — deya qo‘shimcha qildi Dilnoza Kubayeva.