Aktrisa Dilnoza Kubayeva kino sohasiga endigina kirib kelayotganda o‘zi suratga tushgan filmlarni hotirjam tomosha qila olmasligini bildirdi.
Xususan “Shok.uz” sayti muxbirining “ ‘Kelgindi kelin’ filmida juda zamonaviy obrazda chiqqansiz, hozir nega unday kiyinmaysiz?” degan savoliga Dilnoza shunday javob berdi:
“Hozir ‘Kelgindi kelin’ filmini ko‘rsam uyalib o‘tiraman. To‘g‘risini aytaman, o‘sha paytda endi chiqayotgan aktrisa edim. Hali bu katta maydonda dovdirab yurgan qizcha bo‘lganman. Men bunaqa kiyinmayman, deb talab qila olmasdim. Obraz shuni taqozo qilishi mumkin, to‘g‘ri. U qiz shunaqa o‘sgan, lekin bizning o‘zbekona qadriyatlar, urf-odatlar degan narsalar bor, muqaddas his-tuyg‘ular bor. Mentalitet degan tushunchalar bor, shundan kelib chiqib, bu obrazimdan uyalaman”.