Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Dam olish kunlarida qanday ob-havo kutiladi?


«O‘zgidromet» dam olish kunlarida yurtimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti xususida xabar berdi.

Bugun respublika hududiga Kaspiy dengizidan Turkmaniston orqali harakatlanayotgan «Janubiy Kaspiy sikloni» kirmoqda, natijada Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatilmoqda. Kun davomida Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Samarqand, Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlarida yomg‘ir kechga borib yog‘ishi kutilmoqda. Qolgan joylarda ob-havo quruq va iliq bo‘ladi. Harorat 12-17 daraja atrofida bo‘lib, shu kun uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4-5 darajaga yuqoridir.

Shanba kuni mamlakatimizning markaziy qismidagina (Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha) yomg‘ir yog‘adi. O‘zbekistonning qolgan hududlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 8-13 darajagacha pasayadi va me’rga yaqinlashadi.

Bugun va ertaga respublika bo‘yicha shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga Turkmaniston tomondan yana iliq va nam havo oqimi kiradi. Respublikaning katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzgi harorat yana ko‘tarilib, 12-17 daraja iliqni tashkil qiladi.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2027 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное