Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ertaga, 6 may kuni Respublikada quyidagicha ob-havo kuzatiladi:
Toshkentda havo harorati kechasi +15...+17, kunduzi +26...+28 daraja issiq bo‘ladi. 7-12 m/s tezlikda shamol esib turadi.
Farg‘ona vodiysida havo kechasi +13...+18, kunduzi +25...+30 daraja issiq bo‘lib, havo o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol tezligi 7-12 m/s tezlikka yetishi mumkin.
Sirdaryo, Samarqand, Jizzax, Navoiy va Buxoro viloyatlarida havo harorati kechasi +16...+18, kunduzi +28...+30 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 15-20 m/s tezlikka yetishi ehtimoli bor.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +15...+20, kunduzi +28...+33 daraja issiq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo kechasi +12...+17, kunduzi +23...+28 daraja issiq bo‘ladi. 7-12 m/s tezlikda shamol esib turadi.