O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 1 aprel kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi +10 ... +12 daraja, kunduzi +15 ... +17 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +13 ... +18 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +13 ... +18 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi +8 ... +13 daraja, kunduzi +17 ... +22 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi +7 ... +12 daraja, kunduzi +18 ... +23 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi +2 ... +7, kunduzi +3 ... +8 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +10 ... +15, kunduzi +13 ... +18 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.