Burak O‘zchivit bilan intervyu: Alisher Uzoqovdan boshqa odam yo‘qmidi?
Kecha mashhur turk aktyori Burak O‘zchivit bilan uyushtirilgan suhbatni juda ko‘pchilik «Zo’rTV» telekanali orqali tomosha qilgani aniq. Taassurotlar ham turlicha. Ayrimlar (asosan ayollar) Burakning ko‘rkam tashqi ko‘rinishi va turkchada juda shirin gapirishiga maftun bo‘lgan bo‘lsa, ayrimlar esa suhbatni olib borgan Alisher Uzoqovning dimog‘dor ohangi, krossovkasi va ba’zi ahmoqona savollaridan achchiqlanishmoqda. Masalan, o‘zbek kino rejissyorlari sizni kinoga taklif qilishsa, «skidka» qilib bera olasizmi, qabilidagi savol hammasidan oshib tushdi. Nima, o‘zbek rejissyorlari shu qadar qashshoqmi?!
Yana «Sevgi iztirobi» seriali dublyajidan bir lavha ko‘rsatilishi ham Alisher Uzoqovni o‘z-o‘zini reklama qilish bo‘ldi. Binobarin Burakka ovoz bergan Sanjar Sa’dullaevni olib kelolmagan ekansiz, dublyajdan parcha nega kerak? Aktyorni qiziqtirib qo‘yganingiz qoldi, xolos.
Xullas, ko‘pchilik yurtdoshlarimiz fikricha, Burak bilan suhbatni dilkashroq biror inson olib borishi kerak edi.
Ozi mawu keremasdi man çumimanda tanqid qilib seryaln eferdan olib tawaldi endi bu burak uzb ga keldi uni lekin qaxramonlarde qarshi oldik avvaliga u rol ijro etgan seryalni balçiq bilan qorishtirdiy kamiga qiziqchi jamoalarga masxara boldi endi esa qaxramonimizni tirjaytirb olmozor siti dip reklamaga qoydik uyam mayi manabu intirviyuchi nega unga szla ishlagan kara sevda seryali sharmanda umuman axloqsiz savyasiz digan fikrla bolmasdan seryalni zur ishlangn uzbek xalqiga rosa yoqdi wundan buyon qaxromonimzsz dip koklarga kotardi man umuman çummadm gapirsam gap kop