“Sevgi iztirobi” Yangi Turk seriali haqida + Voqealar rivoji
Tez kunda Zo’r TV telekanali orqali namoyish etilishi kutilayotgan “Sevgi iztirobi” (Kara Sevda) seriali tomoshabinlar tomonidan shov-shuvlarga sabab bo’ldi. Serialni tomosha qilishni intizorlik bilan kutayotganlar, tabiiyki serial aslida qanday mavzuda, nima haqida ekanligiga qiziqishmoqda.
Shunday ekan, biz ushbu serial haqida qisqacha ma’lumot berishni lozim topdik.
“Sevgi iztirobi” nomli serial o’tkir syujetli drama janridagi serial bo’lib, buning ustida Turkiyaning mashhur kinostudiyalaridan biri “Ay yapim” hamkorligida suratga olingan.
Turkiyada bu serial Star TV kanali orqali 2015 yilda premyera qilingan. Serial 74 qismdan iborat bo’lib, 130-150 daqiqani o’z ichiga oladi. Bu serialda Turkiyaning mashhur va iqtidorli aktyorlardan Burak O’zchivit, Neslihan Atagul (Dogulu), Kaan Urganjioglu o’z rollarini mahorat bilan ijro etganlar. Serialning qisqacha ta’rifi haqida to’xtaladigan bo’lsak: Nihan – yosh, go’zal va iqtidorli rassom qiz, obro’li xonadonning farzandi.
Bir kun tasodifan Kemal ismli yigit bilan to’qnashib qoladi va ular bir-birlarini sevib qoladilar. Kemal esa oddiy oilaning o’rtancha farzandi. Ammo Emir ham Nihanni sevardi. Unga erishish uchun hamma narsaga tayyor, xattoki jinoyatga ham.
Nihoyat Emir Nihanga qanday qilib erishishning yo’lini topadi, bunda u Nihanning egizak ukasi O’zandan foydalanadi. Bu vaqtda Kemal Nihanga uylanish taklifini bildiradi, ammo chorasiz qolgan Nihan rad javobini beradi va Emirga turmushga chiqadi. Nima bo’lganini anglolmagan Kemal yurtidan uzoqda ishlagani ketadi.
Oradan 5 yil o’tgach Kemal yirik firmaning katta bir hissadori sifatida yurtiga qaytib keladi.
Kemal Nihan bilan uchrashadimi? Nega Nihan sevgilisini tashlab sevmagan insoniga turmushga chiqdi? Qanday chorasiz vaziyat Nihanni bunday qaror berishga majbur qildi? Bundan so’ng Nihan va Kemalni qanday taqdir kutayotgani, ular qanday qiyinchiliklarni va voqealarini boshdan kechirishlari haqida serialni tomosha qilish davomida guvohi bo’lishingiz mumkin.
O’ylaymizki, bu serial sizni befarq qoldirmaydi va sizning vaqtingiz maroqli o’tishida hamroh bo’la oladi.