Sevgi Iztirobi: Yangi turk serialiga professional dublyaj qirollari ovoz beradi (mi?)
Tez kunlarda telekanallarimizdan biri ya'ni ZO'R_TV da Turk seriali "Sevgi Iztirobi" seriali namoyish etilishi haqida habar berib o'tgan edik.
Filmning asli nomi "KARA SEVDA" rus tilida esa "Черная любовь" bo'lib, u 2015-yil ilk bora namoyish etilgan.
Bizning ko'p o'zbek tomoshabinlarimiz mazkur serialni ikki yil davomida internet tarmog'i orqali turk yoki rus tilidagi turini tomosha qilganlari hech birimizga sir emas.
Shu sababli ham, filmning tez kunlarda namoyish etilishi haqidagi ZO'R TV kanali tayyorlagan serial reklama ro'ligi ko'p tomoshabinlar e'tiroziga sabab bo'ldi.
Tomoshabinlarning deyarli ko'p qismi serialga ovoz berganlarning dublyajdagi mahorati past ekanligi, saviyasiz va sayoz ovoz berilgani, qahramonlarga ularning ovozi UMUMAAAN tushmaganligi haqidagi fikrlarni bildirib o'tishgan.
Ayrim foydalanuvchilarimiz hattoki bunaqa ovozda eshitgandan ko'ra, serialni rus tilidagisini namoyish etinglar, deb ham fikr bildirib o'tishgan.
Bunday fikrlarga Zo'r TV kanali shunday javob berib o'tadi:
Assalomu alaykum! Bu ovozlar faqat anons uchun, serialda professional dublyaj aktyorlari ovoz berishadi. Bizni kuzatishda davom eting, eng Zo'r hali oldinda!
Eng zo'ri qanday bo'lishini Zo'r TV hamda bizning saytimizda kuzatib boring, bizda birinchilardan bo'lasiz. Bizdan uzoqlashmang...