“Bunyodkor” “PSJ” va “Manchester Siti” bilan kuch sinashishi mumkin
Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi tarbiyalanuvchilari Malayziyada tashkil etiladigan yirik xalqaro turnirdan taklif olishdi. Bu haqda “qaldirg`ochlar” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchinchi marotaba tashkil etilayotgan “SuperMokh2016” turnirining nufuzi yildan-yilga oshib, ishtirokchi jamoalar geografiyasi kengayib bormoqda.
11-19 dekabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida o`tkaziladigan musobaqada jami 36ta jamoa qatnashadi – U-12 yosh toifasida: 16ta, U-14 yosh toifasida: 20ta.
“Bunyodkor” futbol maktabining har ikkala yosh toifasidagi tarbiyalanuvchilari “SuperMokh2016” musobaqasida ishtirok etish uchun taklif olishgan. Hozirgi kunda har ikkala jamoamiz ham musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko`rmoqda. 2002 yilda tug`ilganlardan iborat jamoamizni Sergey Chigodaev va Akmal Risqullaev, 2004 yilda tavallud topganlardan tashkil topgan jamoamizga Mirkamol Qosimov va Timur Boboxonov murabbiylik qilishmoqda.
Tashkilotchilar turnirda ishtirok etadigan jamoalar nomlarini ma`lum qilishdi. Musobaqa arafasida qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi va shundan so`ng turnir taqvimi e`lon qilinadi.