Bugun, 29 mart kuni ta’mirlash ishlari sababli poytaxt Toshkentning Yangihayot, Sergeli va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilshicha, Yangihayot tumani Sattorova ko‘chasi va Sputnik 4-mavzesi, Indeks bozori yonidagi gaz quvurlariga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.
Shu sababli bugun soat 10:00 dan 18:00 ga qadar:
Yangihayot tumanidagi “Ibrat”, “Olchazor”, “Navqiron”, “Al-Farg‘oniy”, “Do‘stlik”, “Iqbol”, “Yo‘ldosh”, “Toshkent, “Fayzil”, “Chortoq” mahallalaridagi 3491 ta uy xo‘jaliklarida va ko‘p qavatli uylardagi jami 4437 ta aholi xonadonlarida hamda 234 ta ulgurji iste’molchilari gaz ta’minotidan vaqtincha uziladi.
Shuningdek, Sergeli tumanining “Nilufar”, “Iltifot”, “Sofdil” mahallalari hududidagi 288 ta uy xo‘jaliklarida va ko‘p qavatli uylardagi jami 2718 ta aholi xonadonlarida hamda 36 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Bundan tashqari, Yunusobod tumani “Tiklanish” mahallasi hududidagi o‘rta bosimli gaz quvuriga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.
Shu sababli bugun 10:00 dan 18:00 gacha Yunusobod tumanining “Tiklanish” mahallasidagi 400 ta uy xo‘jaliklarida hamda mazkur mahalladagi 10 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
“Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi Energetika vazirligi xabarida.