Bugun 9:44 da O'zbekistonda qattiq yer silkinishi kuzatildi
Toshkent shahrida 26 mart kuni soat 9:45 da yerosti silkinishlari sezildi. Zilzila kuchi Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ham qayd etilgani aytilmoqda. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: 26.03.2020 da Toshkent vaqti bilan 09:44 (26.03.2020 da 04:44 Grinvich bo‘yicha) O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Koordinatalar 40,88 gradus shimoliy kenglik, 70,53 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,922. Chuqurlik h=29 km. Toshkentgacha masofa 118,14 km sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.FVV zilzila haqidagi ma’lumotni yangiladi — Toshkentda 4 ball: O‘zbekiston hududida zilzilaning kuchi: Toshkent: 4 ball.
Namangan: 103 km, 4 ball.
Andijon: 155 km, 3 ball.
Farg‘ona: 115 km, 4 ball.
Guliston: 147 km, 4 ball.
Jizzax: 235 km, 3 ball.
Samarqand: 324 km, 2 ball.
Buxoro: 526 km, 2 ball.
Termiz: 480 km, 2 ball.
Qarshi: 453 km, 2 ball.
Navoiy: 440 km, 2 ball.