Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOK HABARLAR

Braziliyada radioboshlovchi efir vaqtida o‘ldirib ketildi

Ikki noma’lum shaxs Braziliyaning shimoli-sharqidagi Radio Liberdade FM radiostansiya studiyasiga bostirib kirib, boshlovchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida otib o‘ldirdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar beradi.
Hodisa Seara shtatiga kiruvchi Kamosin munitsipalitetida 6-avgust, payshanba kuni kechqurun sodir bo‘ldi. Politsiyaning ma’lum qilishicha, noma’lum kishilar radiostansiya binosiga reklama joylashtirish bahonasida kirgan. Ular radioboshlovchi Gleydson Karvalyu o‘z dasturini olib borayotgan studiyaga kirib, unga qarata o‘q uzdi. Karvalyu kasalxonaga yetkazildi, biroq u jarohati  tufayli halok bo‘ldi.
Hozirda politsiya noxush hodisa vaziyatlari va jinoyat sabablarini aniqlamoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Karvalyu o‘zining dasturlarida ba’zi siyosatchilarning korrupsiyaga oid faoliyatini fosh etuvchi materiallar bilan chiqqan va uning Facebook’dagi sahifasiga tez-tez tahdidli xabarlar kelib turgan.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOK HABARLAR
Просмотров: 7525 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: efir vaqti, radioboshlovchi, Braziliya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Damir_95_ Vay bechora
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное