Botirning yangi yakkaxon konsertlariga chiptalar talash!
Botir Qodirovning konsertlariga chiptalar talash! "Istiqlol"ning huvillab yotgan chiptaxonasi shu kunlarda yana jonlanib qoldi! Chipta so`rab kelayotganlarning aksariyati do`ppi kiyib, kapalaksimon bo`yinbog` taqqan xonandaning konsertiga chipta so`ramoqda. Eng qizig`i, navbatga tizilganlar konsert nomiga muvofiq yo`l tutmoqda: "Jim turing! Shovqinlanmang!".
Qodirov el orasida qanchalar sevimli ekanligidan kichik nishona bu! Tarbiyali hofizning muxlislari ham tarbiyali bo`ladi-da! Endi xushxabarga o`tsak. Hali konsertga bir oydan oshiq vaqt bo`lishiga qaramay, 12.000 dan ziyod chiptalar (e`lon qilingan 3 kunlik yangi dastur) allaqachon sotilib ketdi. Tashkilotchilar chipta topolmay xunobi oshgan muxlislar uchun qayg`urib, qo`shimcha konsert kunlari uchun kassa ochdi! Tushlik mahali yana 2 ta konsert! Jami 5 ta konsert davomida 20.000 muxlis sevimli kumirining unutilmas dasturidan bahramand bo`lajak!!! Mana buni sun`iy bo`lmagan ajiotaj deydi! Qodirovga qadami xush kelgan prodyuserlar bilan omad yana kulib boqqani rost bo`lsin! Shov-shuvlarning eng sarasi hali oldinda! Bu haqda esa keyinroq. Kuzatishda davom eting. Jimgina... Shovqin solmay kuzating!