"Milion" jamoasining vakili, teleboshlovchi Davron Kabulov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali shaxsiy hayotidagi quvonchli xabar bilan bo‘lishdi...
"Koinot sarvari - Muxammad s.a.v. aytdilar: “Bozordan yangi meva sotib olib, uyiga keltirgan kishi sadaqa qilish savobini oladi. Olib kelingan mevani avval qizlariga bersin! Ayoli, qizlarini sevintirgan odamning savobi Alloh taolodan qo‘rqib yig‘laganning savobi kabidir. Allohdan qo‘rqib yig‘lagan kishining tanasi jahannamga haromdir” (Ibn Adiy). Allox bizga KIZ farzandni muborak kilsin!", deb yozadi boshlovchi Davron Kabulov.
Bugun Davron Kabulov otalik baxtiga erishdi. Boshlovchi Davron Kabulov hamda E’zozaxonga qiz farzand muborak bo‘lsin! Kabulovlar oilasini ushbu quvonchli kun bilan saytimiz nomidan muborakbod etamiz!