Roshan yoshligidan ko'p mehnat qilib, hozirgi darajagacha ko'tarila oldi. Hozirda u nafaqat hindlarning, qolaversa, ko'plab chet el tomoshabinlarining qalbidan chuqur joy egallagan. Uning filmlarini barcha sevib tomosha qiladi.
Ritik Roshan taniqli rejissyorning qizi bo'lmish Syuzanna Xonga uylangan. Ularning Rehan hamda Ridan ismli o'g'illari bor.
Ammo Roshan ayoli bilan 13 yil birga yashab, ajrashgan. Bu holat esa aktyorning muxlislarini hayajonga solib qo'ygan…
Ritik va Syuzannaning muhabbati ancha yillik tarixga ega bo'lib, ikkala yosh bir-birini yoshlikdan sevib kelishgan. Ulg'aygandan keyin ham to'rt yil davom etgan ishqiy munosabatlarning oxiri nikoh bilan yakunlangan. 2013 yilda esa ushbu juftlik orasida muammolar vujudga kelgan va 2014 yilda ular ajrashib ketishgan.
Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, oilaning buzilishiga sabab Ritik Roshanning xiyonati bo'lgan. Negaki, aktyor va uning kinodagi partnyorlari o'rtasida yuzaga kelgan munosabatlar hamisha odamlar og'zida bo'lgan.
2001 yilgi Karina Kapur bilan bo'lgan ijodiy sherikligidan keyin ular o'rtasida iliq munosabatlar uyg'ongan hamda 2003 yilda suratga olingan «Main Prem Ki Divani Hun» filmidan so'ng aloqalar yanada jiddiy tus olgan. Biroq bu munosabatlarning davom etishini ikkala ijodkorning ham onalari xohlashmagan. Shu bilan ular bir-biridan uzoqlashishgan.
2010 yilda esa «Kites» filmining suratga olish jarayonida meksikalik aktrisa Barbara Mori va Ritik Roshan o'rtasida ishqiy aloqalar borligi haqida mish-mishlar tarqalgan. Uning Barbara bilan munosabatlari Ritikning turmushida sezilarli muammolarni yuzaga keltirgan va aytishlaricha, shundan so'ng Syuzanna uyidan ketib, ota-onasi bilan yashay boshlagan.
Syuzannaning giyohvand moddalarga ruju qo'ygani haqida ham turli xabarlar tarqalgan va bir necha jamoat yig'inlarida uning giyohvand modda iste'mol qilganiga guvoh bo'lishgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Arjun Rampal va Syuzannaning o'rtasida do'stlik munosabatlari bo'lib, uning bu yo'lga kirishida Rampalning ta'siri kuchli edi.
Ritikning ajrashish qaroriga kelishining asosiy sabablaridan biri ham aynan shudir.
Ammo mana shunday tushunmovchiliklarga qaramay, bugun Ritik Roshan va Syuzanna Xon o'rtasida samimiy do'stlik saqlanib qolgan. Ular farzandlarining baxti uchun doimo mas'uliyatli ota-ona vazifasini bajarib kelishmoqda.