Bitkoin kursi bir sutkadan 10 foizdan ortiqroqqa o‘sdi. Bu haqda Coindesk ma’lumotlariga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Uning kursi 26-dekabr soat 10:53 da 15 167 dollarni tashkil etgan. 25-dekabrda esa kriptovalyutaning qiymati 13 890 ga teng edi.
16-dekabr kuni bitkoin kursi 19,5 ming dollarlik marrani zabt etgan bo‘lsa, 22-dekabrda esa 15,5 ming dollarga tushib ketgan edi.
25-dekabr kuni Morgan Stanley tahlilchilari agarda bitkoin rasmiy to‘lov vositasiga aylanmasa uning kursi nolga qadar tushib ketishini taxmin qilgandi.
Avvalroq, Bundesbank direktorlar kengashi a’zosi Karl Lyudvig Tile Yevrozonada kriptovalyuta rasman qabul qilinmasligini, bitkoinga pul tikkanlar esa “kuyib” qolishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.