Bitkoin kursi 22-dekabr, juma kuniga o‘tar kechasi 13 ming dollargacha tushdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Shu tariqa kriptovalyuta o‘zining tarixiy maksimumi — 19,7 ming dollarga nisbatan salkam 29 foiz yo‘qotdi.
Bikoinning asosiy raqibi — Ethereum ham o‘sishdan to‘xtadi va 750 dollarni qayd etdi. 21-dekabrda bu ko‘rsatkich deyarli 900 dollarni tashkil etgandi.