Biometrik pasport olish yarim yilgacha cho‘zilib ketmoqda
O‘zbekiston Respublikasida 2015 yil 1 yanvar kuni eski pasportni biometrik pasportga almashtirish muddati rasman nihoyasiga yetadi, deya yozmoqda podrobno.uz.
Shu kunlarda butun respublika bo‘yicha pasport stollari kuchaytirilgan tartib asosida ishlashmoqda. Biroq pasportni berish muddati bir hafta emas, balki oylarga cho‘zilib ketmoqda. Bu to‘g‘risidaFacebookdagi potrebitel.uz guruhida ma’lum qilingan.
Bir foydalanuvchining yozishicha, u pasportini almashtirish uchun Mirzo Ulug‘bek tuman IIBga topshirgan va unga rasmga tushish uchun 2015 yil 26 iyun kuni kelishini tasdiqlovchi talon berilgan.
Bunday ma’lumotlar juda ko‘p. Avgust oyida topshirganlarga martda, noyabrdagilarni esa kelgusi yilning fevral oyiga kelishlarini aytishgan.