Yaqinda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan lisenziyasi olib qo‘yilgan sobiq “Benom” guruhi solisti Sarvar o‘zining “Instagram”dagi sahifasi orqali g‘alati murojaat yozib qoldirdi.
Bir o‘qishda murojaat kimga atalganini payqash qiyin. Bu borada biror fikr aytishdan ham yiroqmiz, shunchaki mazkur murojaatni e’tiboringizga havola etishga qaror qildik:
“Gadoni dushmani gado bo‘ladi deganlaridek... Bugungi kunda biz egallagan sohalarimiz ko‘paydimi, deyman... Bizning yonimizda tishini tishiga qo‘yib maqtab yurishga majbur bo‘lgan, yoki ko‘rishganda soxta kulgulari bilan salom-alik qiladiganlar ketishimiz bilanoq yomonlashga o‘tadiganlar qiyinmasmi sizlarga? O‘ylamanglar, baribir bilamiz kimliginglarni do‘st yasab olishga ustasizlar, lekin biz jim!
Biz bilan shunchaki salom-alik boru, ammo sal uzoqroq bo‘lganlar, raqobatni ko‘tarish hammaga ham emas ekanligini tan olomayotganlar. Bizlar yozgan yoki yaratgan musiqiy mahsulotlarni hamkasblarimizga yomonlayverishdan charchamayotganlar tushunamiz, o‘zinglar qachondir qo‘shiq aytaman, yulduz bo‘laman deb, shunchaki bu orzuinglar armon bo‘lib qolayotganini tushunib, endi qo‘shiq yozishga o‘tganlar sizlarni ham bilamiz, lekin indamaymiz! Yaxshi emas soxta profil ochvolib, bizning hamkorligimizdagi san’atkorlarni belgilab, bizlar yozgan xit taronalarni xit emasga chiqarish, kulguli... Ha, darvoqe, shou-biznesdan yiroq bo‘la turib, “faqat sizlarni eshitamiz, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatinglar sizlar tufayli shu kasbni egallamoqchimiz” deb ish boshlab, keyin o‘zinglarni bosar-tusarilarni bilmay qolib ish doirasida hattoki bizlarni ham eshitmay qo‘yganu, hudbinligi tufayli harakat qilib quygan va xato ketidan xato qilganla, endi esa har qadamida hamma tanishlariga yomonga chiqarib quyayotgan soxta prodyusserlar! Jumladan, biz orqali o‘zbek shou-biznesining vakillari bilan tanishib olish baxtiga muyasar bo‘lib, endi ularga bizni yomonlayotganlar, mayli bunisiga ham indamaymiz!
Lekin qizigi shou-biznesdan bo‘la turib, bundaylarning gapiga laqqa ishonib, ular yasagan auraga osongina kirib qolish! Sizlaga yarashmabti endi bu hurmatli hamkasblar... O‘zinglar shunaqalarga ko‘p duch kelgansizlar... O‘zi shou-biznesda hamma sohaga qo‘l uribmiz o‘ylab qarasam, dushman ko‘paymasinmi. P/S Jimligimizning sababi esa ma’nan ozgina balandroqdamiz!
|