Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Bayden Rossiyaga qarshi kurashda yolg‘iz qolishi mumkin - Bloomberg
Rossiyaga qarshi yangi sovuq urush ba’zi G‘arb siyosatchilari o‘ylagandek yaxshi ketmayapti. Germaniya Bosh vaziri Olaf Sholsning Xitoyga munozarali safari shundan dalolat beradi. Bu haqda “Bloomberg” jurnalisti Panjak Mishra yozmoqda.

Mishraga ko‘ra, Sholsning Xitoyga tashrifi Vashingtonning nafaqat Berlin bilan, balki butun dunyo bilan munosabatlari bo‘linishi mumkinligini anglatadi.

“Sholsning Pekinga safari, Amerika Qo‘shma Shtatlari Xitoy bilan hamkorlikka qat’iy va har tomonlama qarshi bo‘layotgan bir paytda Vashingtonning nafaqat Berlin bilan, balki butun dunyo bilan munosabatlaridagi bo‘linishdan dalolat beradi”, degan u.

Jurnalistning ta’kidlashicha, Berlin Rossiyaning Ukrainaga urushi sababli o‘z iqtisodini qurbon qila olmaydi.

“Germaniya Rossiyaning Ukrainaga urushi tufayli o‘z iqtisodini qurbon qila olmaydi. Global iqtisodiy manfaatlarga kelsak, ular ham Amerika irodasiga bo‘ysunmaydilar”, degan Panjak Mishra.

Maqola muallifiga ko‘ra, Vashington, shuningdek, Oq uy rahbari Jo Baydenning Ukarina masalasida butun dunyo bilan qarama-qarshiliklari joriy yilning 15-16 noyabr kunlari Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan G20 ( yirik iqtisodiyotli 20 davlat) sammitidan keyin yanada kuchayadi.

Panjak Mishraning ta’kidlashicha, Indoneziyadagi sammitdan keyin Prezident Jo Bayden Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun yakka o‘zi kurashishi mumkin.

“Indoneziya G20 sammiti doirasida Rossiya va Xitoy rahbarlari Vladimir Putin hamda Si Szinpin qabul qilishga tayyorlanmoqda. Xitoyning ishonchli ittifoqchisi Luis Inasio Lula da Silva Braziliyadagi saylovlarda g‘alaba qozondi. Nihoyat, Germaniya Bosh vaziri Olaf Shols uch yil ichida Xitoyga tashrif buyurgan birinchi yuqori martabali G‘arb rahbari bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, Bayden yolg‘iz jangga mahkum bo‘lishi mumkin”, degan jurnalist.

G‘arb davlatlari Moskvaga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishi va Rossiya yoqilg‘isidan voz kechish siyosati tufayli energiya narxining oshishi va inflyatsiyaning o‘sishiga duch kelmoqda. Yoqilg‘i, birinchi navbatda, gaz narxining ko‘tarilishi fonida Yevropada sanoat o‘zining raqobatdoshligini sezilarli darajada yo‘qotdi. Bu esa iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ham ta’sir qildi. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar va Yevropa davlatlari o‘n yillar davomida birinchi marta rekord darajadagi inflyatsiyaga to‘qnash kelmoqda.

Avvalroq, Amerikada joriy yilning 8 noyabrida bo‘lib o‘tadigan Oraliq saylovlaridan keyin Respublikachilar partiyasi Kongressning kamida bitta palatasida nazoratni qo‘lga oladigan bo‘lsa, AQSHning Ukrainaga yordami kamayishi mumkinligi aytilgandi. Shuningdek, “Washington Post” va “The New York Times” nashrlari Vashington Kiyevni Rossiyaga qarshi urushda muzokaralar stoliga olib kelish kerakligi haqida yozgandi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1472 | Рейтинг: 0| Рейтинг: mumkin, Bloomberg, qolishi, Rossiya, qarshi, kurashda, yolg‘iz, Bayden
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное