Bahorning “Istiqlol”da bo‘ladigan eng qimmat konsertlari reytingi
Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida konsertlar mavsumi davom etmoqda. Jurnalist Feruz Muhammad san’at saroyida bo‘lib, chiptalarning kassadagi narxlari asosida eng qimmat konsertlar reytingini tuzdi.
5-o‘rin. “Million” kulgu jamoasi konserti
“Million” jamoasining konserti 24—28-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Chiptalar narxi — eng arzoni 15 ming so‘m, eng qimmati — 100 ming so‘m.
4-o‘rin. Xonanda Alisher Fayzning konserti
Xonanda Alisher Fayzning 17—21-may kunlari tashkil etiladigan dasturining chiptalari narxi quyidagicha — eng arzon chipta 10 ming so‘m, eng qimmat chipta esa 120 ming so‘m.
3-o‘rin. Shohrux reperning konserti
24—25-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur konsertning eng arzon chiptasi 20 ming so‘mdan, eng qimmati esa 150 ming so‘mdan sotilmoqda.
2-o‘rin. Xonanda Shahzodaning konserti
Xonanda Shahzodaning 5—11-may kunlari bo‘ladigan konsertining eng arzon chiptasi 15 ming so‘m, eng qimmati — 250 mingdan.
1-o‘rin. Xonanda Yulduz Usmonovaning konserti
Xonanda Yulduz Usmonovaning 11—23-aprel kunlari jonli ijroda bo‘lib o‘tadigan dasturining eng arzon chiptasi 20 ming so‘m, eng qimmati esa 250 ming so‘mgacha belgilangan.
bitta deskiti 1000 so'm turadi bir kg go'sht 24 ming so'm turadi oylam bilan oshdi qilib telvezirda kursam yaxshiku mazza qilib 250 minga bir oy mazza qilib yashiymanku