Bollivud yulduzi Ayshvariya Ray Bachchan va qizi koronavirusga chalingani sababli shifoxonaga yotqizildi. Ular Mumbaydagi shifoxonalardan biriga joylashtirilgan. Bu haqda ANI xabar berdi. Avvalroq, mashhur hind aktrisasi koronavirusdan uyda davolanayotgani haqida xabar bergan edik. Biroq shifokorlar uni klinikadan davolanishiga qaror qilgan. Ayshvariya Rayning qaynotasi Amitabx Bachchan va turmush o‘rtog‘i Abxishek Bachchanda ham koronavirus aniqlangan. Virusli infeksiya sabab yulduzli oila uyi yopilgan. Unda yashovchi barcha karantinga olingan. Ayshvariya Ray Bachchan – fotomodel va aktrisa, 1994 yilda “Dunyo go‘zali” deb topilgan. 46 yoshli aktrisa hozir ham go‘zal ayollarning turli reytinglariga kirishda davom etyapti. Ayshvariya Ray “Abadiy siznikiman”, “Muhabbat ohanglari”, “Aql va tuyg‘u”, “Jo‘shqin muhabbat”, “Devdas”, “Baykerlar 2: Haqiqiy tuyg‘u”, kabi hind kinolari hamda Gollivudda “Pushti pantera 2” komediyasida rol ijro etgan.