Kann kinofestivalining qizil yo‘lakchasida mashhur yulduzlarning chiqishi har yili katta qiziqish bilan kutiladi.
Bu yil ham 44 yoshli Bollivud yulduzi Ayshvariya Ray o‘zgacha ko‘rinishda namoyon bo‘lib, hammani hayratga soldi.
Aktrisa qizil yo‘lakda naqshli, shleyfi uch metr bo‘lgan ko‘ylakda tovusdek tovlandi.
Ushbu kuylakning dizayneri Maykl Sinko bo‘lib, kuylaknin tikish uchun 3 000 soat vaqt sarfladi.
Ayshvariya Rayning kuylagi Swarovski toshlar bilan bezalgan edi.
O‘tgan yili Ayshvariya Rayning havorang muhtasham ko‘ylakdagi dabdabali chiqishi ham hammani lol qoldirgan edi.