Ayshvariya Ray qora tanlilarni tahqirlovchi reklamada suratga tushdi
Ayshvariya Ray Bachchan «Kalyan» brendining reklamasida XVII asrdagi qul-bolakay bilan tasvirlangan boy ayol sifatida suratga tushdi, deya xabar beradi «emirates247.com» sayti.
41 yoshli mashhur hind aktrisasining zeb-ziynatlar reklamasida soyabon ko‘tarib turgan qora tanli qul bolakay bilan tasvirlanishi, buning ustiga tana ranglarining yaqqol ajratib ko‘rsatilishi bir qator siyosat va huquq mutaxassislarning e’tiroziga sabab bo‘ldi.
Oxir-oqibat, 17 aprelda gazetalar sahifasida chop etilgan bolalar huquqini poymol qilish va rasizmni targ‘ib qilish kabi mavzudaligi reklama kampaniyasining xalqaro huquqshunoslar va faollar guruhi tomonidan to‘xtatilishiga olib keldi.