Britaniyalik aktyor Devid Oyelouo (“Shotlandiyaning so‘nggi qiroli”, “Xizmatkor”, “Jek Richer”, “Selma”) ilk qora tanli Jeyms Bond bo‘ladi. To‘g‘ri, kinoda emas, audiokitobda. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Oyelouo Entoni Gorovitsning “Trigger Mortis” kitobining audioshaklida 007 raqamli josus uchun ovoz beradi. Ushbu roman Bond haqidagi asarlar turkumining yangi qismi hisoblanadi va unda o‘tgan asrning 50-yillarida sobiq Ittifoq hamda AQSh o‘rtasida koinotning o‘zlashtirilishi borasida kechgan raqobat asosiy mavzulardan biriga aylanadi.
Kitob Buyuk Britaniyada 8-sentyabrdan sotuvga chiqadi.