Aktyor Deniyel Kreyg va prodyuser Barbara Brokkoli agent 007 haqidagi yangi filmda Jeyms Bondni o‘ldirmoqchi bo‘lishdi. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Nashrning xabar berishicha, aynan ana shu masala rejissor Denni Boyl bilan kelishmovchilikka sabab bo‘lgan, yakunda rejissor loyihani tark etdi. U g‘oyani kulgili deb atagan va qahramonni o‘ldirishdan bosh tortgan.
Nashr manbasiga ko‘ra, bosh qahramon o‘limi josus haqidagi 25-filmning “yakuniy effekti” bo‘lishi kerak bo‘lgan. Bundan filmda intrigiya yaratish reja qilingan.