30 mart kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev belgilangan vazifalar ijrosi, tizimdagi muammolar va sohalarning rivojlanish istiqbollariga bag'ishlangan videoselektor o'tkazgan edi .Majlisda prezident televideniye faoliyatiga to'xtalgan. Televideniye faoliyati tanqid qilingan va tizimni o'zgartirish kerakligi ta`kidlangan. Bu sohada ahvol «eski hammom, eski tos» bo'lib qolayotgani aytilgan. «O'zbekiston» va «Yoshlar» telekanali nomlari tilga olib o'tilgan. «Ura-urachilik zamoni o'tdi. Televizorda tanqidiy va tahliliy materiallar berish kerak. Odam ko'rsatuvlarni sog'inib kutishi kerak. «Axborot» ko'rsatuvini o'zgartirishimiz kerak», degan prezident.
Bugun esa axborot dasturining 14:00 dagi soni jonli efirda bo'lib o'tdi.