ARNAV (Barun Sobti) O‘zbekistonga yana kelarmikin?!
Kuni kecha «Inter expo Tashkent» kompaniyasi tashabbusi bilan «Mening yurtim» telekanali orqali efirga uzatilayotgan «Muhabbat tafti» seriali bosh qahramoni, bugungi kunda O‘zbekistonda hind aktyori Shohruhxondan ham mashhur bo‘lgan Barun Sobti (Arnav Singx) o‘zbekistonlik muxlislari davrasida ijodiy uchrashuvda bo‘ldi.
«Radisson Sas» mehmonxonasidagi uchrashuvni ijodiy uchrashuv ham deb bo‘lmadi. Boisi, minglab muxlislar uni ko‘rish uchun tashrif buyurib, tinchlikni saqlay olishmadi. Faqat qiy-chuv, kichik muxlislarning yig‘isi, kattalarni savol yo‘llash borasidagi ishtiyoqlari orqali yuzaga kelgan baqir- chaqirlar bilan o‘tdi.
Unga ovqat pishirishidan tortib, nechi yoshda sevib qolganigacha turli mavzularda savollar yullashdi.
Barun hayron! Oddiy serial orqali O‘zbekistonda shuncha muxlis va muxlisalari borligidan boshi osmonga yetgan bo‘lsa kerak.
Tadbir so‘nggida tashkilotchilarning tinchlik saqlang, hali ancha suxbatlashamiz deyishlariga qaramay yig‘ilganlar sovg‘a-salom yo‘llashda davom etishdi, qo‘riqchilarni ortda koldirib, suratga tushishdi, dastxat olishga yopirilishaverdi. Ohir-oqibat aktyor qo‘riqchilar qurshovida qochib qutuldi.
Shu kunning o‘zida u «To‘ylar muborak» to‘y va oqshom liboslari modalar namoyishida ham ishtirok etdi.
Dizaynerlarimizning ishlarini tomosha qilayotgan aktyorni fanatlar o‘sha yerda ham dastxat berib o‘tirishga majbur qilishdi.
Mening fikrimcha, u bu kabi fanatlari bor yurtga yana qaytsa kerak, yoki…
Hindistonliklar bundanam battaru muxlislik qilishda. Etika estetika degan narsalaga asosan Yevroppa mamlakatlari jiddiy qarashadi. Bizzikilayam oshirvorishipti lekin.