APL klublari Saudiya Arabistoni ustidan FIFAga shikoyat qilmoqchi
APL klublari Saudiya Arabistoni ustidan FIFAga shikoyat qilmoqchi
Angliya Premyer Ligasi klublari FIFAdan Saudiya Arabistonining transferlar oynasi yopilish sanasini o‘zgartirishni so‘raydi.
Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, gap yozgi transferlar oynasi haqida ketmoqda. Saudiya Arabistonida transferlar oynasi 20-sentabrda yopiladi. Boshqa Yevropa top-ligalari singari APLda transferlar oynasidagi dedlayn 1-sentabr. Premyer Liga klublari 1-sentabrdan keyin yulduz futbolchilarni Saudiyaga yo‘l olishini to‘xtatmoqchi. Chunki APL klublarida yulduz futbolchilarning o‘rnini to‘ldirish uchun imkoniyat bo‘lmaydi.Agarda APL FIFAga talabnoma yuborsa ham, bu narsa ushbu transfer oynasida esa emas, keyingi transfer oynasiga tegishli bo‘ladi. Bu masala liga klublarining yaqinda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. Avvalroq “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp ham APL va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi transferlar oynasi dedlayni borasidagi farqdan xavotirlanayotganini aytib o‘tgandi.