Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Saudiya yadro qurolidan xoli hudud maqomini rad etishi mumkin

Eron o‘z yadro dasturini qayta ishlashda davom etadigan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni tomoni ham yadro qurolidan xoli maqomni rad etishi mumkin. Qirollik shahzodasi Turkiy al-Faysal bu haqda bayonot berdi, deb yozadi Lenta.ru nashri BBC News ma’lumotlariga tayanib.
Shahzodaning so‘zlariga ko‘ra, agar o‘rtada turgan oltilik rasmiy Tehronni Yaqin Sharqda uranni boyitishdan to‘xtatib qola bilmasa, ko‘p o‘tmay butun dunyoda yadro quroli poygasi boshlanib ketadi. “Biz Eronda bo‘lgan ruxsat, bizda ham bo‘lishini istaymiz”, deydi al-Faysal.
O‘tgan haftada Saudiya Janubiy Koreya bilan yadroviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Shartnomaga ko‘ra, Janubiy Koreya Yaqin Sharqdagi qirollik hududida ikkita yadro reaktorlarini qurishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, rasmiy Ar-Riyod Xitoy, Fransiya va Argentina bilan shartnoma imzolagan. Saudiya hukumatining ma’lum qilishicha mamlakat yaqin 20 yil ichida 16 ta atom reaktorlari qurishni rejalashtirmoqda.
Manba:kun.uz


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2397 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Saudiya, yadro qurol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное