Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. TisMarHan-soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck
. Choli Qushi-soundtreck
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Kara Para Ask - Soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Qaqnus - Mal De music
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Jumong-soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Ayol Qalbi - You can't say
Главная » Файлы » SHOK HABARLAR

Juda g‘aroyib shikoyat

Ulardan birlari shikoyat qildi. Unda shunday so‘zlar bor edi: “Mening to‘rtta tug‘ishganlarim bor. Ularning ichida eng boyi menman. Lekin negadir qarindoshlarim singillarimning ziyoratiga ko‘p kelishadi-da, mening ziyoratimga juda kam kelishadi. Ular to‘rttala singlimni har kuni ziyorat qilishadi. Ammo men qarindoshlarimni negadir juda kam ko‘raman. Ular mening ziyoratimga juda kam keluvchidirlar. 
Ba’zida men bilan bir necha kunga uzilishib ham ketadilar. Hatto qarindoshlarning ba’zisini umuman ko‘rmayman. Go‘yo ular meni o‘z qomuslaridan tushirib qoldirishgandek. 
Ba’zilari oldimga kelishganda ularda dangasalik, huzurimda juda kam turish, tezda ketib qolish holatlarini kuzataman. Ularda meni ziyoratimga kelmasliklariga, kelsalar ham dangasalik bilan, tezroq ketgilari kelib turishiga mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan, arzimas uzrlar bo‘ladi. Men ularga nima deb javob beray? 
Singillarimga qaraganda men ko‘proq oldimga kelganlarga hadyalar beraman. Bu gapim bilan singillarimni kam sovg‘a beradi deb aslo ayblamoqchi emasman. Lekin ulardan ko‘ra mening ko‘proq sovg‘a berishimni hamma biladi. Ko‘p kishilar qarindoshlarimga meni ziyoratimga kelishni maslahat berishadi, nasihat qilishadi. Chunki, menda ko‘p yaxshiliklar bor bo‘lib, meni ko‘rgani kelganlarga o‘sha yaxshiliklardan, juda ko‘p hadyalardan ulashaman. Shunday bo‘lishiga qaramasdan ular mendan uzoqlashishadi. Aslida mensiz qarindoshlarimga halovat bo‘lmaydi. Biroq, baribir kelishmaydi. Kelishsa ham, juda kam kelishadi. Meni bunchalik tashlab qo‘yishlarining sababi nima? Men ham o‘sha besh opa-singillarning biri emasmanmi?! Men ham singillarimga o‘xshab ularning qarindoshi emasmanmi?! Nega qarindoshlarim, yaqinlarim meni o‘zlariga ulfat qilishmaydi?! Nega o‘zlarining do‘stliklaridan meni mahrum qilishadi?! Nega men bilan bordi-keldi qilishmaydi?! Nega meni unutib qo‘yishadi?!” 
Endi shu o‘rinda ushbu shikoyat sohibasi kimligini bilishimiz qoldi. Bu barchamiz uchun benihoya qimmatli bo‘lgan Bomdod namozidir. Uning bu qadar fasohatli gapirishi meni hayron qoldirdi. Men eshitgan eng ajib, eng yoqimli va shu bilan birga eng og‘riqli shikoyat mana shu bo‘ldi. Agar ushbu shikoyat sizga ham ma’qul bo‘lgan bo‘lsa, yaqiningizning shikoyatlarini qabul qilib, uning istaklarini bajo keltirishga harakat qiling. Bundan buyon bordi-keldini astoydil yo‘lga qo‘yib, uni tez-tez, har kuni ziyorat qilib, holidan xabar olib, behisob hadyalarini olib qayting. Uni boshqa tug‘ishganlaridan ajratib qo‘ymang!


Nozimjon Iminjonov, 
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Usmon Zunnurayn” 
jome’ masjidi imom noibi
Manba: muxlis.uz


Категория: SHOK HABARLAR
Просмотров: 13892 | Комментарии: 11 | Рейтинг: 1| Рейтинг: g‘aroyib, Juda, shikoyat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 11
FREYA@uz Alhamdulillah besh vaqt namozdan ayirmasin
Like | 0
Comicboy Ха кейин бошида 4 кишимиз деб ёзилган кейин. 4 синглим деб ёзилди. Яна охирогида 5 опа-синглимдан кам емасман деб ёзилган. Хабарни ёзган хатоси шуки. Хар гапи охирида бир кишини кушиб-кушиб 6 киши килиб койган... узи 5 вакт намоз ! 6 вакт емас !
Like | 0
Comicboy Самия Сухроб хабарни тулик укиш керак. Охирида бошкача манода кетган :)
Like | 0
shoxislom5758 xa bu ajoyim turkum.
Like | 0
9294784 Qoyil gap yö bu hamma un ibrat bölsin
Like | 0
★Dorishunos092★ Qoyil-eeee... :)
Bizdan ham chiqar ekanku bu sayt mavzulari!
Like | 0
Nilu88 Qoyil qoldim raxmat kottakon o'zim ucun xulosa ciqardim Raxmat Admin
Like | 0
xorazm ularga shunday yaxshilik qilingki ularsizni unutishmasin
Like | 0
samiya Бир кишини ёлгизлатиб бумеди. Хох бадавлат, Хох камбагал булсиннн
Like | 0
Bb Xa :'(
Like | 0
Bb Xa
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное