Sobirovlar sulolasining eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Anvar Sobirovning lisenziyasi olib qo‘yilganidan xabaringgiz bo‘lsa kerak.
Mana uch oy deganda uning lisenziyasi qaytarib berildi. Ularni tabriklash uchun bog‘langanimizda shu uch oy mobaynida sermahsul ijod qilgani, ko‘plab qo‘shiqlar yaratganini va tez kunlarda yangi uchta albomning taqdimotini o‘tkazmoqchi ekanligini aytib o‘tdi.
Bunday vaziyatda juda ko‘plab xonandalar tushkunlikka tushib o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, Anvar Sobirovda esa bu jarayon butunlay boshqacha, ijodga tashnalik bilan o‘tganidan xursandmiz.