Andijondagi uyda gaz chaqnashi oqibatida ikki kishi jarohatlandi
2019 yil 15 mart kuni Andijon tumanida joylashgan uyda S.K. va uning rafiqasi N.N.lar elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida gaz plitasidan sizib chiqib, xonaga yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada S.K. va N.N.lar kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Garchi kunlar isiyotgan bo‘lsa ham gaz bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar sodir bo‘lib turibdi. Joriy yilning 3 mart kuni Chinozda ikki kishi is gazidan vafot etgandi.