Andijondagi maktab o‘qituvchisi 1-sinf o‘quvchisini zo‘rladi
Andijonda navbatdagi jirkanch jinoyat aniqlandi. Bo‘z tumanidagi 22- umumta’lim maktabining 30 yashar musiqa o‘qituvchisi 15 dekabr kuni 7 yashar 1-sinf o‘quvchisini darsdan keyin olib qolib, unga jinsiy tajovuz qilganlikda ayblanmoqda.
Andijon viloyat IIB va Xalq ta’limi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, qizaloqning otasi o‘sha kuniyoq o‘qituvchining ustidan Bo‘z tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Gumonlanuvchi-o‘qituvchi ikki sutka davomida hibsda ushlanib, yashash joyini tark etmaslik sharti bilan qo‘yib yuborilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, o‘qituvchi ishdan bo‘shatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tarqalayotgan xabarlarning asosli ekanini ma’lum qildi.