Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ana bo‘lmasa! Bitta to‘yga bitta san’atkor xizmat qiladi


Xabar qilinganidek, “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qarori loyihasi bugun, 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Qaror loyihasi ilovasi – “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomgako‘ra:

- to‘yxona, kafe va restoranlarda 50 kishi va undan ortiq shaxslar ishtirokida o‘tkaziladigan oilaviy tadbirlar uchun tadbir o‘tkazuvchi shaxs va to‘yxona, kafe va restoran rahbari o‘rtasida shartnoma tuziladi;

- oilaviy tadbirlarda san’atkorlarning (xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, so‘z ustasi, fotograf va boshqalar) xizmat ko‘rsatishi qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi;

- oilaviy tadbirlarda bir nafardan ortiq san’atkorning (guruhning) ishtirok etishi (xizmat ko‘rsatishi) man etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, qaror loyihasi o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Firdavs BEK

 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5627 | Рейтинг: 0| Рейтинг: To‘ylar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное