Rossiyada faoliyat olib boruvchi asli o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov Toshkentning “Paxtakor” jamoasi aksioneriga aylanishi mumkin, deb “Championat.asia”.
“Bugun Toshkentda mish-mish avjida. Emishki, Rossiyada faoliyat olib boradigan asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov “Paxtakor” klubining aksioneriga aylangan. “Arsenal” klubining egalaridan biri bo‘lgan Alisher Usmonov kuni kecha ilk marotaba O‘zbekiston davlat kanaliga ham intervyu bergan edi. Ikki davlat o‘rtasida kelishilayotgan loyihalarning istiqboli to‘g‘risida gapirib o‘tgan milliarderning, “Paxtakor”ni rostan ham boshqaradimi yoki yo‘q, bu savolga klubdan hozircha hech qanday rasmiy ma’lumot yo‘q.”, — deb ta’kidlanadi nashr tarqatgan xabarda.
Avvalroq, Alisher Usmonovning Namanganning “Navbahor” klubini rivojlantirishi mumkinligi haqida chiqqan gap so‘zlar ham mish-mishdan nariga o‘tmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov ayni vaqtda Londonning “Arsenal” jamoasi aksionerlaridan biri, shuningdek, u Angliyaning yana bir jamoasi “Everton”ning asosiy homiylaridan hisoblanadi