Chanqaganda bir piyolagina muzdek suv sipqorishdek maza holat dunyoda bo‘lmasa kerak. Oddiy suv gazlangan suv yoki kofega qaraganda yaxshiroq rohat olib keladi. Shunga qaramay aksari odamlar o‘z tanalariga zarur hisoblanmish, yetarlicha suv ichishmaydi. xabardor.uz sizga aytmoqchi bo‘lgan quyidagi holatlarni o‘zingizda his etsangiz, unda darrov vaziyatni o‘zgartirishga harakat qiling. 1.Og‘zingizda quruqlik his etasiz
Bu judayam aniq simptom hisoblanadi. Albatta, bunday holatni boshingizdan kechirishingiz hamono biror-bir suyuqlik ichishga harakat qilasiz. Ammo shirin ichimliklar katta muammoni vaqtinchalik hal etuvchi omillar hisoblanishadi. Oddiy suv esa og‘iz va tomoq yo‘llaridagi yog‘larni yuvadi, shilliq pardalarni hullaydi va ularning namligini uzoq vaqt saqlab turishda sababchi bo‘ladi. 2.Teringiz quruqlashgan
Teri — tanangizdagi eng katta organ hisoblanadi va unga ham ma’lum miqdorda namlik zarurdir. Quruq teri — badanning to‘la suvsizlanishidan darak beradi va jiddiy muammolarga zamin yaratadi. Badanda suv yetishmasligi, o‘z navbatida, ter yetishmasligiga olib keladi. Terlash — kun davomida badanda yig‘iladigan iflosliklarni va yog‘larni tashqariga chiqarib tashlovchi jarayon hisoblanadi. Buning chorasi esa judayam oddiy — ko‘proq suv ichish kerak. 3. Haddan tashqari chanqoqlikka duch kelasiz
Bu og‘iz qurishiga o‘xshash holat emas. Bu huddi bo‘kib alkogol ichgandan keyingi holatga o‘xshaydi. Hech bir suyuqlik yordam bera olmaydi. Spirtli ichimliklar tanaga o‘ta chanqoqlik olib keladi, miya huddi SOS signallariga o‘xshash yordam kuchi so‘rashni boshlaydi. Uning chaqirig‘iga javob qaytaring, chunki organizmingiz nima so‘rayotganini yaxshi biladi. 4.Ko‘zlaringiz quruqlashganini his etasiz
Yetarli miqdorda suv ichmaslik ko‘z tomirlarining qurishiga olib keladi. Suv yetishmasligi oqibatida ko‘z yoshi kanallari quriydi. Bu esa ko‘zimiz uchun bir qator yoqimsiz holatlarni keltirib chiqarishi mumkin, ayniqsa, siz kontakt linzalaridan doimiy ravishda foydalanayotgan bo‘lsangiz. 5.Bo‘g‘inlarda og‘riq sezasiz
Bo‘g‘inlarimiz va ayrim disklarimiz 80 foiz suvdan tashkil topgan. Bu suyaklarimizning to‘g‘ri va yaxshi harakatlanishiga sababchi bo‘ladi. Organizmdagi namlikni to‘g‘ri ushlay bilish, birdan va tez harakatlar vaqtida, masalan, yugurish, sakrash va boshqa holtalarda bo‘g‘inlarimizning yaxshi harakatlanishiga sababchi bo‘ladi. 6.Muskullar hajmi torayadi
Muskullaringiz ham suvdan tashkil topgan. Shu bois organizmda qanchalik suv kam bo‘lsa, muskullar hajmi ham shunchalik kichkina bo‘ladi. O‘z vaqtida suv ichib turish, mashqlardan so‘ng ham chanqoqni bosish nafaqat tanani rohatlantiradi, balki jismoniy mashqlardan so‘ng paydo bo‘ladigan og‘riqlarni daf etishga sababchi bo‘ladi. 7.Bemorligingiz uzoq davom etadi
Suv doimiy ravishda tanadagi zaxarlarning chiqib ketishiga sababchi bo‘ladi. Organlarimiz huddi yagona mexanizmdek harakat qiladi, ammo suvsiz bu narsaga erishish qiyin. Organizm o‘zi istagandek, muttasil harakat qila olmaydi. Natijada tanamizda salbiy o‘zgarishlar kuzatiladi, misol uchun, u qondagi suv miqdorini “simirish”ni boshlaydi. Bu ham, o‘z navbatida, dard hisoblanadi. 8. O‘zingizni horg‘in va uyqisiragandek his etasiz
Agar tana qondan suv “qarz olish”ni boshlasa, bu o‘rinda, avvalo, kislorod yetishmasligi kelib chiqadi. Bu esa charchash va uyqisarsh holatini keltirib chiqaradi. Kunlar kunlarga ulanib, horg‘inlik miqdori oshib boraveradi va bora-bora qahva ham sizga yordam bera olmay qoladi. 9.Ochlikni his etasiz
Suvsizlangan organizm ochlikka signal yuborishni boshlaydi. Bu kun bo‘yi shakllanadi va tunda birdan uyg‘onib ketasiz hamda muzlatgich tomon o‘zingizni urasiz. Taom yeganingiz hamon organizmingiz ishlashni boshlaydi va tunda yaxshi dam olomaysiz. Suv esa organizmni tozalaydi, uni issiq tutadi va boshqa jarayonlarga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. 10.Oshqozon bilan bog‘liq muammolar
Biz yuqorida og‘iz qurishi va buning natijalari haqida so‘zlab berdik. Bunday holat butun hazm qilish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Suvsizlik natijasida oshqozon devorlari torayadi va undagi kislota ichki organlarga ta’sir o‘tkazadi. 11.Sizda erta qarish alomatlari paydo bo‘ladi
Tanangizdagi yetarlicha suv miqdori tanamizni me’yorda ushlab turadi va qarishni sekinlashtiradi. Agar biz qarishni boshlasak, suv ichishni ko‘paytirishimiz zarur.Suvsizlikning tashqi omillarini yuzaga chiqqan belgilar orqali bilish mumkin, biroq ichki organlardagi salbiy o‘zgarishlar uzoq vaqt davom etadi. Bu kabi salbiy holatlarga uchramaslik uchun hayotimiz davomida har kunlik suv ichish me’yorini saqlashimiz darkor. 12. Siz maqolani aynan shu bandiga qadar o‘qib chiqdingiz
Maqolani o‘qib chiqqach, boshingizdan “bekorga ko‘p suv ichmasakanman-da?”, degan xayol o‘tdimi? Tushkunlikka tushmang va hoziroq qo‘lingizga piyola olib, maza qilib suv iching! Ichganga yarasha, ko‘p iching, mo‘l iching.