Chorvoqda cho‘kib ketgan ikki yigitdan birining jasadi topildi…
Ilgari xabar berganimizdek, shu yil 24 iyul kuni kunduz soat 14: 00 da Chorvoqdagi suv omborida 1995 va 1996 yillarda tug‘ilgan ikki yigit cho‘kib ketgandi. Aytishlaricha, ular o‘tirgan qayiq ag‘darilib ketgan ekan. 30 iyul kuni ulardan biri Dilshod Rixsiboyevning murdasini topishdi. Ikkinchi yigit Anvar Ilhomovning jasadi hozircha topilmadi. Hozirgi paytda prokuratura tergov harakatlarini davom ettirmoqda.