9 maygacha Toshkentda yangi chorraha ishga tushiriladi
Poytaxtning Shayxontohur va Yunusobod tumanlarini bog‘laydigan estakada chorrahaning qurilishi joriy yilning 9 mayigacha yakuniga etadi.
Binokorlar uni “Xotira va qadrlash kuni” foydalanishga topshirishni reja qilishgan. Qurilish 2014 yilning sentyabrida boshlangan edi.
12news.uz internet nashrida e’lon qilingan axborotga ko‘ra, ko‘prik Hadra maydoni va Sirk oldidan boshlanib, Yunusobod tumaniga kirishda tugaydi.