8 noyabr: hududlarda harorat 23 darajagacha ko‘tariladi
Noyabr oyining ilk haftasi ham tugab bormoqda. Shu kunlarda harorat biroz pasaygan. Ayniqsa, kechalari inson terisini jimirlatuvchi sovuq hukmronlik qilmoqda. Ertaga, 8 noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’tiboringizga havola etamiz.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 16-18 daraja, kechasi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kunduzi 12-17 daraja, kechasi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysida kunduzi 15-20 daraja, kechasi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kunduzi +18...+23 daraja, kechasi +8...+13 daraja bo‘ladi.