Gidrometeorologiya xizmati markazidan xabar berishlaricha, ertaga, 3 noyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi.
Toshkent shahrida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi sekundiga 15–20 metrgacha kuchayadi. Harorat kunduzi 20–22 daraja, kechasi 14–16 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 9–14 daraja, kechasi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, ammo shamol tezligi sekundiga 15–20 metrgacha kuchayadi. Harorat kunduzi 18–23 daraja, kechasi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol tezligi sekundiga 15–20 metrgacha kuchayadi. Havo harorati kunduzi +18...+23 daraja, kechasi +13...+18 daraja.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi 20–25 daraja, kechasi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysida ham ertaga yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol tezligi sekundiga 15–20 metrgacha kuchayadi. Havo harorati kunduzi 23–28 daraja, kechasi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.