31 dekabr kuni Urganch shahrida ikki toifadagi kishilar uchun transport tekin bo‘ladi.
Urganch shahridagi “Muso Avto” mas’uliyati cheklangan jamiyati urganchliklarga o‘ziga xos bayram sovg‘asi tayyorladi.
Bayram kuni Urganch shahridagi markaziy shifoxona, tug‘ruqxona va dehqon bozorlari yonida joylashgan avtomobillar to‘xtash joylarida va yo‘nalishlarda nogiron va homilador ayollarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur korxona tomonidan Xorazm viloyatida birinchi bo‘lib Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali elektron to‘lov tizimi va taksi buyurtma qilish imkoniyati yaratilgan.