Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 0-2 daraja sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 5-10, Ustyurt bo‘ylab kechasi 20-25, kunduzi 10-15 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 0-5, cho‘l hududlari bo‘ylab kechasi 15-20, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.