Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Titanik-soundtreck
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

28-mart kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot


O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi 28-mart kuni uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14o iliq, kunduzi 18-20o iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8o iliq, kunduzi 12-17o iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12o iliq, kunduzi 15-20o iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nali-shini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14o iliq, kunduzi 15-20o iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15o iliq, kunduzi 17-22o iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12o iliq, kunduzi 13-18o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8o iliq, kunduzi 5-10o iliq bo‘ladi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2260 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное