Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ertaga, 28 iyun kuni Respublikada quyidagicha ob-havo kuzatiladi.
Toshkentda havo harorati kechasi +20...+22, kunduzi +34...+36 daraja bo‘ladi. 5-10 m/s tezlikda shamol esib turadi. Biroz bulutli havo kuzatiladi.
Farg‘ona vodiysida havo harorati kechasi +17...+22, kunduzi +31...+36 daraja bo‘ladi. Havo bulutli bo‘lib, 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +19...+24, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +20...+25, kunduzi +34...+39 darajagacha ko‘tariladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esib turadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi +18...+23, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
Qamchiq dovoni va Chimyon tog‘li hududida havo kechasi +12...+17, kunduzi +23...+28 daraja bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. 5-10 m/s tezlikda shamol esib yomg‘ir yog‘adi.