Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

25 iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 25 iyul kuni Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 19-21, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 22-27, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3320 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное