24 yanvar kuni kechasi Moskvada qishning eng sovuq kuni bo‘lishi kutilmoqda
24 yanvardan 25 yanvarga o‘tar kechasi Moskvada qishning eng sovuq kuni qayd etiladi. Bu haqda «Fobos» markazi vakili Yevgeniya Tishkovsaga asoslangan holda «Russkaya slujba novostey» nashri xabar tarqatgan.
Uning aytishicha, Moskva "sovuq o‘ra"ga aylanadi: shaharda havo bosimi keskin pasayib, osmonni bulut qoplab, qor yog‘maydi.
"Moskva shahrida havo harorati –25°C darajagacha tushadi, shahar tashqarisidagi harorat esa –26°C darajaga tushadi. Yanvar uchun odatdagi o‘rtacha harorat –10°C daraja", deyiladi xabarda.
Uning aniqlik kiritishicha, 25 yanvar kuni tongida 2015-2016 yilgi qishning eng sovuq harorati qayd etiladi.