AQShning Kaliforniya shtatidagi mutaxassislar bu yil anomal jaziramani taxmin qilishmoqda, ya’ni tarixda bo‘lmagan issiq havo kuzatilishi aytilmoqda, deyiladiNational Geographic ma’lumotida.
Iqlimshunos Samanta Stivensonning ta’kidiga ko‘ra, bu Tinch okeani sharqida suv sathi darajasi keskin oshishi (El-Nino fenomeni) bilan izohlanadi. "El-Ninoni hisobga olganda, 2019 yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin", - deydi u.
Butunjahon meteorologik tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yildan 2018 yilga qadar eng issiq to‘rt yil kuzatilgan. Bu esa rekord darajaga yetgan karbonad angidrid gazi ishlab chiqarilishi bilan izohlanadi.
Rossiyalik mutaxassislar joriy yilda xavfli tabiat hodisalari soni, birinchi galda suv toshqinlari ortishini bildirishmoqda.